Toshkent shahrida ekologik reyd boshlandi

10:50 09 Avgust 2022 Jamiyat
755 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Joriy yilning 9-avgust kuni erta tongdan Davlat ekologiya qoʻmitasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida oʻtkaziladigan ekologik reydga start berildi.

Ekologiya, Milliy gvardiya, Ichki ishlar xodimlaridan iborat Ekopatrul inspektorlariga hududlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar atroflicha tushuntirildi.

Ekologik reydlar jarayonida “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun talablarining bajarilishini taʼminlash, shuningdek, aholining ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish borasida ishlar olib borilishi yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Kun davomida qilinadigan ishlar rejalashtirilib, ekologik nazorat reyd tadbirlarini samarali bir tarzda oʻtkazish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayni paytda poytaxtda nazorat reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер