Toshkent shahrida “Baxtli bolalik” badiiy-musiqiy teatr tomoshasi tashkil etildi

Poytaxtimizdagi Xalqlar doʻstligi sanʼat saroyida “Baxtli bolalik” deb nomlangan badiiy-musiqiy teatr tomoshasi oʻtkazildi.
Tadbir Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat va notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etdi.
Mazkur xayriya tadbiri Toshkent shahrida joylashgan 21-22 hamda 30-yordamchi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur tumanlaridagi “temir daftar” va “ayollar daftari”ga kiritilgan oila farzandlarining yozgi taʼtilini mazmunli va maroqli oʻtkazish maqsadida tashkil etildi.
Bolalik inson umrining eng begʻubor, orzu-umidlarga toʻla joʻshqin va haroratli damidir. Bolaning kulgusi, koʻzlaridagi quvonch butun olamni yoritadigandek goʻyo. Xalqimiz azaldan bolajon xalq, bunga tariximizdan koʻplab misollar keltirish mumkin. Bugun ham yurtimizda turli sohalarda olib borilayotgan islohotlar qatorida ertamiz egalari boʻlgan farzandlarimiz manfaatlarini himoya qilish, ularning jahon andozalariga muvofiq bilim olishi, maʼnaviy kamol topishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan. Shuning barobarida ularning maroqli xordiq chiqarishini tashkil etish maqsadida turli koʻngilochar tadbirlar ham muntazam tashkil etilmoqda.
Taʼkidlash joizki, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan oʻsib kelayotgan yosh avlodni ajdodlarga munosib avlod etib tarbiyalash hamda maʼnaviy olamini yanada boyitishga qaratilgan qator loyihalar hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Xususan, yillar davomida shakllangan xalqimizning miliiy taʼlim-tarbiya uslublari, oʻzbekona oila modeliga asoslanib farzandlarimizni voyaga yetkazish, bolalar maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida “Zukko Bolajon!” fotoalbomi tayyorlanib, “Maʼnaviyat festivali” doirasida respublikamizning barcha hududlarida fotoalbom taqdimoti oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun ham “Bolalarga maʼrifat ulashib”, “Baxtli bolalik” loyihalari doirasida kitob koʻrgazmalari, turli koʻngilochar tomoshalar, konsert dasturlari ham oʻtkazilgan boʻlib, mazkur tadbirlar davomida 5 ming nafardan ortiq bola qamrab olingan. “Maʼrifat tur” loyihasi davomida esa oʻgʻil-qizlarning yurtimizdagi qadimiy obidalar, qadamjolar va diqqatga sazovor joylarga tashriflari amalga oshirildi.
“Mehr-saxovat” aksiyasi doirasida A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun katta bayram tadbiri tashkil etildi. Shu bilan birga tarbiyalanuvchilar uchun hayotda kerakli boʻladigan kasb-hunarlarni oʻrgatish maqsadida bolalarning qiziqishiga qarab turli toʻgaraklar ish boshladi. “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati yil davomida mazkur toʻgarak faoliyati, tarbiyalanuvchilarning kasb sirlarini puxta egallashini doimiy nazorat qilib bormoqda.
Dastlab, “Marvarid” bolalar musiqiy guruhi tomonidan quvnoq qoʻshiq va raqslar ijro etildi. Shundan soʻng “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari soʻzga chiqib bolajonlarga samimiy tabriklashdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning manfaati, taʼlim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtishdi. Shuningdek, bolajonlarni begʻuborlik tark etmasligini tilashdi. Yurtboshimiz va barcha ota-onalar ularga qattiq ishonishini, Vatan kelajagi ularga bogʻlik ekanini, shu bois puxta bilim olishlari, ajdodlarga munosib avlod boʻlishi zarurligini taʼkidlashdi.
Madaniy-maʼrifiy tadbir davomida namoyish etilgan musiqali teatr bolajonlarni quvonchiga quvonch qoʻshdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring