Toshkent shahrida ayrim koʻchalar yopildi

16:21 26 Noyabr 2020 Jamiyat
302 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Toshkent shahri, Fargʻona yoʻli koʻchasida olib borilayotgan yoʻl qurilish ishlarini tezlashtirish maqsadida, ushbu koʻchaga tutash Uysozlar va Yangi Qoʻyliq (bir taraflama) koʻchalari joriy yilning 29-noyabrga qadar avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu haqda Toshshahartransxizmat xabar berdi.

“Shu sababli, mazkur koʻchalardan harakatlanuvchi haydovchilar oʻz yoʻnalishlarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?