Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Namangan shahriga hokim boʻldi

Davlatobod tumanidagi viloyat madaniyat saroyi majlislar zalida xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida Gʻofurjon Oribjonovich Jamolovni Namangan shahar hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimining qarori deputatlar eʼtiboriga havola etildi. Mazkur qaror deputatlarning ovoz berish natijalariga asosan tasdiqlandi.
Gʻofurjon Jamolov 1974-yilda Namangan shahrida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy, 1997-yili Namangan sanoat texnologiya institutini, 2006-yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-menejer.
Mehnat faoliyatini Namangan shahar hokimligida boshlagan. U 1997-2017-yillarda Namangan shahar va viloyat hokimliklari, Respublika Iqtisodiyot vazirligida turli masʼul lavozimlarida ish olib borgan. 2017-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Gʻofurjon Jamolov 2020-yil noyabr oyidan buyon Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari – poytaxt uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi lavozimida mehnat qilib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring