Toshkent sayyohlar uchun eng qulay MDH shaharlari Top-5ligiga kirdi


Oʻzbekiston poytaxti Toshkent kuz oyida tashrif buyurish uchun eng qulay boʻlgan MDH shaharlari reytingidan oʻrin oldi. Bu haqda Rossiyaning TurStat sayyohlik agentligi maʼlumotlarida keltirib oʻtilgan.
Qayd qilinishicha, reyting 2018 yilning kuz oyida sayohat qilish uchun qulaylik darajasiga qarab tuzib chiqilgan.
Reytingda Belarus poytaxti Minsk, Qozogʻiston poytaxti Ostona va Ozarboyjon markazi Boku shaharlari yetakchilik qilmoqda.
Bu borada Toshkent top-5likda qayd qilingan. Toshkentdan yuqorida Armaniston poytaxti Yerevan joylashgan. Top-10ligidan shuningdek, Olmaota, Bishkek, Kishinyov, Dushanbe va Ashxobod shaharlari joy olgan.
Agentlikka koʻra, eng arzon turdagi sayyohlik aynan Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda taklif qilinmoqda. Dam olish kunlari shopping uchun esa eng qulay shaharlar sifatida Ostona va Boku koʻrsatib oʻtilgan.
2018 yilning kuzida sayyohlik uchun tashrif buyurishga qulay MDH shaharlari
TOP-10
1. Minsk (Belarus)
2. Ostona (Qozogʻiston)
3. Boku (Ozarboyjon)
4. Yerevan (Armaniston)
5. Toshkent (Oʻzbekiston)
6. Olmaota (Qozogʻiston)
7. Bishkek (Qirgʻiziston)
8. Kishinyov (Moldova)
9. Dushanbe (Tojikiston)
10. Ashxobod (Turkmaniston)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring