Toshkent — Riga — Toshkent yo‘nalishida chiptalar narxi arzonlashtirildi

10:55 22 Iyun 2018 Iqtisodiyot
1869 0
Foto: youtube.com

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 22 iyundan boshlab Toshkent — Riga — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ekonom klass minimal tariflarini pasaytirmoqda.

MAK matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, yangi tarifga bir tomonga uchish narxi - 210 yevro (1 954 293 so‘m), borib-kelish tarifi esa 330 yevro (3 071 032 so‘m) etib belgilandi.

Aviachiptalarni milliy valyutada sotib olish mumkin. Aviachipta xarid qilingan kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha sotiladi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK haftada bir marta, juma kunlari Latviya poytaxti Riga shahriga Boeing 767 samolyotlarida parvozlarni amalga oshirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?