“Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yana 1 taga koʻpaydi

17:53 27 Iyun 2022 Jamiyat
756 0

Yoʻlovchilarga temir yoʻl transportida xizmatlar koʻrsatish koʻlamini yanada oshirish maqsadida 2022-yil 8-iyul sanasidan boshlab, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida 780/779-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Harakat jadvaliga koʻra:

— “Toshkent — Qarshi” yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradigan 780-sonli “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent Markaziy vokzalidan; 

— “Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan 779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa Qarshi vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oshiradi.

Shu bois, 2022-yil 8-iyul sanasidan boshlab, bugungi kunda “Toshkent — Samarqand — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda “Toshkent — Buxoro” yoʻnalishida harakatlayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlarining harakat jadvaliga ham oʻzgartirish kiritiladi.

Unga koʻra:

—  “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida harakatlanadigan 764-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi har kuni soat 08:30 da Toshkent Markaziy vokzalidan;

— “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi soat 16:15 da Samarqand vokzalidan;

— “Toshkent — Buxoro” yoʻnalishida harakatlanadigan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa soat 08:56 da Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Yuqoridagi “Afrosiyob” elektropoyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan 2022-yil 10-iyul kunidan boshlab haftaning har yakshanba kuni “Toshkent — Samarqand — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 768/767-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi toʻxtatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер