Toshkent – Parij – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar qayta tiklandi

21:31 04 Aprel 2022 Jamiyat
682 0

“Uzbekistan Airways” AJ ikki yillik tanaffusdan soʻng Toshkent – Parij – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanayotgani haqida maʼlum qildi. 

Romantik shaharga parvozlar 2022-yil 29-apreldan boshlab 10-iyungacha, shuningdek, 26-avgustdan 28-oktyabrgacha haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3 foiz chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?