“Toshkent-Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

FVV qutqaruvchilari tomonidan 4 ta avtomobillar bilan sodir boʻlgan YTH oqibatlari bartaraf etildi.
Hodisa «Toshkent-Oʻsh» xalqaro avtomobil yoʻlining 249 kilometrida sodir boʻldi. Fargʻona vodiysi tomon yoʻl olgan avtokran haydovchisi toʻsatdan boshqaruvni yoʻqotgan, natijada u oldinda ketayotgan "Jentra»ga, soʻngra qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketib yana uchta mashinaga urilgan.
Avtohalokat koʻlami katta boʻlishiga qaramay, avariyada qurbonlar yoʻq. Avtokran haydovchisi oyogʻidan jarohat olgan, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari maxsus qutqaruv vositalari yordamida salondan chiqarib olishdi. Shuningdek, avtomashinalardan birining haydovchisi yengil tan jarohati oldi. Avariya oqibatlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus yongʻin qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring