“Toshkent – Nyu-York — Toshkent” aviareyslari keskin arzonlashtirildi

17:56 29 May 2018 Iqtisodiyot
1965 0

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK joriy yilning 3 iyunidan 8 sentyabriga qadar “Toshkent – Nyu-York - Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha ekonom klassning minimal tariflarini pasaytirmoqda.

Unga ko‘ra, bir tomonga uchish narxi 430 yevro(4 037 924 so‘m), borib-kelish esa 829 yevro(7 788 863 so‘m) etib belgilandi.

Yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, “Samarqand – Nyu-York” reyslari uchun ham 3 iyundan boshlab bir tomonli tarif joriy etiladi. Gap shundaki, shu asosda Samarqanddan Nyu-Yorkka Toshkent orqali aviachipta rasmiylashtirish uchun yana bir qulaylik yaratiladi. Bunda “Samarqand — Toshkent” ichki marshrutida parvoz qilish uchun qo‘shimcha to‘lovlar talab etilmaydi.

Aviachipta xarid qilingan kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha sotiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?