Toshkent metrosida Qoʻyliqdan Sergeligacha 15 daqiqada borish mumkin boʻladi

Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-fevral kuni Toshkent metropolitenidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Inson uchun oʻz mehnatlari samarasini koʻrish, odamlarga quvonch ulashish – katta baxt. Mamlakatimizda xalqning mushkulini oson, uzogʻini yaqin qilishga qaratilgan bunday xayrli ishlar juda koʻp.
Birgina transport sohasini olganda, soʻnggi yillarda ulkan loyihalar amalga oshirildi. 2020-yil avgustda Toshkent yerusti metrosining birinchi bosqichi ishga tushirilgan edi. Oʻsha yil dekabrda Sergeli yoʻnalishi ochildi. Bugungi kundagi yoʻlovchilar oqimidan bilish mumkinki, bu loyihalar oʻzini toʻla oqladi.
Bu ishlar izchil davom ettirilib, mazkur ikki yoʻnalishni bogʻlovchi Qoʻyliqdan Sergeligacha boʻlgan metropoliten barpo etilmoqda. Qariyb 12 kilometrlik bu qismda 7 ta bekat boʻladi. Ayni kunlarda uning Quruvchilar dahasigacha borgan 5 ta bekati qurib bitkazildi.
Davlatimiz rahbari ushbu transport inshootini borib koʻrdi. Nuroniylar va faollar bilan suhbatda loyihaning ahamiyati haqida soʻz bordi.
— Oxirgi yillarda bu borada ham tajriba toʻpladik. Qoʻyliq yoʻnalishida 7 ta, Sergelida 5 bekatli yerusti metrolari qurildi. Oldin Toshkent metropolitenidan 240 ming yoʻlovchi foydalangan boʻlsa, bugungi kunda 600 mingdan oshdi. Rejamiz - 1 million yoʻlovchi. Agar oʻz vaqtida buni boshlamaganimizda, shahar transportida kollaps boʻlishi mumkin edi. Endi muqobil energetikani ham oʻrganmasak boʻlmaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentimiz jamoatchilik vakillari bilan birga metroda yurdi.
Quruvchilar dahasidan Qipchoq bekatigacha boʻlgan qariyb 4 kilometrlik metro yoʻli ham yaqin oylarda ishga tushiriladi. Shu tariqa, Qoʻyliq va Sergeli orasidagi qatnov vaqti 15 daqiqani tashkil etadi. Mazkur yoʻnalish bir kunda 40 mingga yaqin yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻladi.
Buning evaziga shaxsiy transportlarga ehtiyoj kamayib, tirbandlik bartaraf etiladi. Xususan, Qoʻyliq – Sergeli yoʻnalishida harakatlanadigan kunlik avtomobillar soni 40 mingtagacha qisqarib, transport oqimi 12 foiz kamayishi mumkin.
Umuman, ushbu bosqich qurib bitkazilishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta boʻladi. Metroda yuruvchi kunlik yoʻlovchilar soni 650 minggacha yetadi. 245 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring