Toshkent metrosida FacePay toʻlov tizimi ishga tushirildi

11:59 23 Noyabr 2021 Jamiyat
314 0

“Toshkent metropoliteni”ning Buyuk ipak yoʻli bekatida pilot tariqasida ishga tushirilgan FacePay qurilmasi yoʻlovchilarga yoʻl haqini inson yuzi orqali toʻlash imkonini beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, yoʻlovchi validatorga yuzlansa, yoʻl haqi bank kartasidan avtomatik tarzda yechib olinadi.

Mazkur amaliyot oʻzini toʻliq oqlasa, tizim metrodan tashqari avtobus hamda yoʻnalishli marshrutkalarda ham yoʻlga qoʻyilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?