Toshkent metropolitenidagi vestibyullar qachon toʻliq ochilishi maʼlum qilindi

Joriy yilning 24-sentyabr kuni Toshkent metropoliteni bekatlaridagi 17 ta vestibyul vaqtincha yopilganligi haqida xabar berilgan edi. Ayni paytda ularning sakkiztasi yoʻlovchilarni qabul qilmoqda.
“Toshkent metropoliteni” UKning maʼlum qilishicha, quyidagi 9 ta vestibyul texnik sabablariga koʻra yopiqligicha qolmoqda:
“Hamid Olimjon” bekati – «NBU» banki tomonidagi vestibyul;
“Amir Temur xiyoboni” bekati – 50-maktab yonidagi vestibyul;
“Mirzo Ulugʻbek” bekati – “Milliy” stadioni tarafidagi vestibyul;
“Toshkent” bekati – Bosh pochtampt tomonidagi vestibyul;
“Oybek” bekati – Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;
“Kosmonavtlar” bekati – Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidagi vestibyul;
“Abdulla Qodiriy” bekati – Gyote instituti yonidagi vestibyul;
“Minor” bekati – Moliya instituti tomonidagi vestibyul;
“Mustaqillik maydoni” bekati – “Mustaqillik maydoni” tomonidagi vestibyul.
Shu bilan birga, “Toshkent metropoliteni” UK 2020-yilning 10-dekabrigacha poytaxt metropoliteni barcha vestibyullarining bosqichma-bosqich ochilishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Tibbiyot kolleji va Jamoat salomatligi texnikumlariga 10 - avgustdan qabul jarayonlari boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring