Poytaxt koʻchalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama sinovdan oʻtkazilmoqda 

08:50 22 Iyul 2021 Jamiyat
127 0

Ijtimoiy tarmoqda “Poytaxt koʻchalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan YHXBB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Tracker” rusumli, 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga oʻrnatilgan moslama aks etgan video lavha tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Yoʻllarda nazoratni taʼminlashda inson omilini cheklash, fuqarolar bilan muloqotni qisqartirish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur moslama qoidabuzarlik holatlarini qayd etishga moʻljallangan. Hozirda sinov tariqasida qoʻllanilib, tajribadan oʻtkazilmoqda. Tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalanish boshlanganda qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?