Toshkent – Kiyev – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar tiklamoqda

12:31 17 Sentyabr 2021 Jamiyat
476 0

26 sentyabrdan boshlab, «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Kiyev – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. 

Rejaga muvofiq qatnov haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi, deya «Uzbekistan Airways» AJ xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, Toshkent – Kiyev yo`nalishida aviachipta 2 234 655 so`mdan (bagajsiz) va 2 575 535 so`mdan (bagajni hisobga olgan holda), Toshkent – Kiyev – Toshkent yo`nalishidagi aviachiptalar esa 4 205 223 so`mdan (bagajsiz) va 4 836 482 so`mdan (bagajni hisobga olgan holda) boshlanadi.

"Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3% chegirma bilan,Uzbekistan Airways Sale sfilialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?