Toshkent-Xorazm yoʻnalishidagi poyezd 43 yoshli ayolni urib yubordi

10:50 09 Dekabr 2021 Jamiyat
415 0

2021-yilning 8-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Xorazm yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezdi odam urib yuborganiga oid video tarqaldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov izoh berdi.

Aniqlanishicha, 8-dekabr kuni soat 9:25 larda 43 yoshli ayol oʻzining ehtiyotsizligi sabab “Istiqlol-Hazorasp” yoʻnalishida kelayotgan yoʻlovchi poyezdi urib ketishi oqibatida olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Urganch transport prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?