Toshkent xalqaro tibbiyot anjumaniga mezbonlik qiladi

16:43 11 Aprel 2023 Jamiyat
745 0

Ertaga, 12-aprel kuni poytaxtimizdagi “Trilliant Tashkent” mehmonxonasida “Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi transformatsiyasi” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan ushbu tadbirda Xitoy, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Vengriya, Yaponiya, Hindiston, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatlarning yurtimizdagi diplomatik korpus vakillari va investorlari, Oʻzbekiston bozoriga sarmoya kiritish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etish istagida boʻlgan xalqaro donorlar hamda mahalliy 200 dan ortiq yirik tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum davomida mamlakatimiz tibbiyotini toʻliq transformatsiya qilishga qaratilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha qator xalqaro memorandumlar imzolanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер