Toshkent xalqaro investitsiya forumi: sohalar ravnaqi muhokama qilindi

21:12 24 Mart 2022 Jamiyat
1100 0

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Xabar berganimizdek, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida koʻplab uchrashuv va tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, uning birinchi kunida “Transport tizimlarini raqamlashtirish”, “Markaziy Osiyoda savdo oqimlarining transformatsiyasi va kapitallashuvi” mavzularida hamda 4.0 sanoat raqobatbardoshligiga bagʻishlangan sessiyalar boʻlib oʻtdi.

Transport vaziri oʻrinbosari Jasur Choriyevning aytishicha, bugun mamlakatimizda davlat sektorining barcha sohalarini raqamlashtirishga erishilgan. Xususan, Transport vazirligida barcha xizmatlar va axborot almashinuv tizimini raqamli formatga oʻtkazilgan. Aviatsiya sohasida eng katta qadam — aeroportlar va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” faoliyati va boshqaruvi toʻliq raqamlashtirilgan. Bularning barchasi hamkorlik aloqalarini oʻrnatish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Temir yoʻl sohasida ham raqamlashtirish yoʻlidan borilyapti. Tezyurar poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilib, chiptalar raqamli platforma orqali sotilmoqda.

“Markaziy Osiyoda savdo oqimlarining transformatsiyasi va kapitallashuvi” sessiyasi ishtirokchilari bugungi kunda transport infratuzilmasini yaxshilash borasida soʻz yuritishdi, xususan, tovar yetkazib berishda kechikishlar kamayayotgani va ortiqcha toʻsiqlar bartaraf etilayotgani iqtisodiy koʻrsatkichlarga ijobiy taʼsir qilayotganini taʼkidlashdi.

Shuningdek, 4.0 sanoat raqobatbardoshligiga bagʻishlangan yalpi majlisda esa mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini barcha sohaga, birinchi navbatda, davlat boshqaruvi, taʼlim, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligiga keng joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

“Savdoni erkinlashtirish va iqtisodiy integratsiya” mavzusida boʻlib oʻtgan sessiyasida iqtisodiyotning raqobatdoshligini hamda savdoni erkinlashtirish masalalari muhokama etildi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

 

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

 

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

 

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

 

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

 

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?