“Toshkent” xalqaro aeroporti orqali yurtimizga kelgan yoʻlovchilarning 66 nafarida koronavirus aniqlandi

18:27 21 Yanvar 2022 Jamiyat
454 0

Joriy yil 15-yanvardan mamlakatimizga kirib keluvchilar uchun xalqaro aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va chegara punktlarida ekspress-antigen test topshirish tartibi joriy qilinganidan xabaringiz bor.

Ayni paytda bu amaliyot yangi shtamm keng tarqalishining oldini olish va kasallikni oʻz vaqtida hamda tezkor aniqlash imkonini bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha,20-yanvar kuni “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali yurtimizga kelgan 3480 nafar yoʻlovchidan test sinamalari olindi. Natijada ulardan 66 nafarida koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

Ushbu bemorlar kasallikning kechishiga koʻra, uy sharoitida va mehmonxonalarda davolanishga yoʻnaltirilgan. Ambulator sharoitida muolaja oladigan fuqarolarga aeroportning oʻzida 4 xildagi bepul dori-darmon vositalari berilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер