Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri: ikkinchi kunga start berildi

10:34 06 Mart 2021 Sport
1265 0

Foto: Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")

Poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport saroyida boʻlib oʻtayotgan dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari ham qizgʻin va murosasiz kurashlar ostida oʻtmoqda. 

Malumot uchun, bugun erkaklar -73 kg va -81 kg, ayollar esa -63 kg hamda -70 kg vazn toifalarida medallar hamda Tokio Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi.

Muxlislar Tel-Aviv “Katta Dubulgʻa” turniri gʻolibi Sharofiddin Boltaboyevning ishtirokini intiqlik bilan kutishmoqda, desak mubolagʻa qilmaymiz. Qoraqalpogʻistonlik dzyudochimiz bahslarga ikkinchi davradan qoʻshiladi. Uning raqibi kiprlik Aristos Mikael va koreyalik Sun Xo Li bahsidan soʻng aniqlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz roʻyxati quyidagicha:

Erkaklar

-73 kg

Jaloliddin Boynazarov - Miklos Ungvari (Vengriya)

Murodjon Yoʻldoshev - Jiovanni Espozito (Italiya)

Obidxon Nomonov - Eduardo Barbosa (Braziliya)

Gʻolibjon Sulaymonov - Mark Xristov (Bolgariya)

-81 kg

Suhrob Tursunov - Robert Rajkay (Vengriya)

Sharofiddin Boltaboyev - Aristos Mikael (Kipr)/ Sun Xo Li (Janubiy Koreya)

Arslonbek Tojiyev - Zaher Muhammad Sarvay (Afgʻoniston)

Gʻiyosjon Boboyev - Oumar Djalo (Fransiya)

Qizlar

-63 kg

Farangiz Hojiyeva - Annabell Vinzig (Germaniya)

-70 kg vazn toifasi

Shohista Nazarova - Maryam Tchanturiya (Gruziya

Gulnoza Matniyazova - Aleksandra-Anastasiya Nenova (JAR)

Farangiz Xolmurodova - Enxchimeg Tserendulam (Moʻgʻuliston)

Biz bugungi bellashuvlarda ham vakillarimizga omad tilaymiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?