Toshkentda “Katta Dubulgʻa” turniri boshlandi. Bugun 16 sportchimiz bellashuvlarda qatnashadi

10:49 05 Mart 2021 Sport
914 0

Turnirning birinchi kunida 16 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi.

Biroz avval poytaxtimizdagi “Humo” arena saroyida dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri boshlandi.

Bugun musobaqaning birinchi kuni erkaklar -60 va -66, ayollar -48, -52 hamda -57 kg vazn toifasida turnir medallari hamda Tokio Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. Yurtimiz sharafini ilk kungi bellashuvlarda 16 nafar dzyudochimiz himoya qiladi.

Hamyurtlarimizning musobaqadagi ishtirokini Dilshodbek Baratov boshlab berdi. -60 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz ilk davrada iordaniyalik Bilal Almansurga qarshi tatamiga chiqib, raqibini ippon bahosi bilan magʻlubiyatga uchratdi. Uning ikkinchi davradagi raqibi yaponiyalik tajribali dzyudochi Ryuiji Nagayama boʻladi.

Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:

Erkaklar

-60 kg vazn toifasi

Dilshodbek Baratov - Bilal Almansur (Iordaniya)

Kemran Nurillayev - Nikolay Foka (Moldova)

Sharofiddin Lutfullayev - Savva Karakizidi (Gretsiya)/Artyom Kolasov (Belarus)

Mirzohid Mahammadjonov - Alikozay Zelgay (Afgʻoniston)

-66 kg vazn toifasi

Dilshodbek Yoʻldoshev - Jaslin Saini Singx (Hindiston)

Artyom Shturbabin - Straxinya Bunchich (Serbiya)

Muhridin Tilovov - Xerlan Ganbold (Moʻgʻuliston)

Sardor Nurillayev - Baybol Salamat Uulu (Qirgʻiziston)

Qizlar

-48 kg vazn toifasi

Gulnur Muratbayeva - Leyla Aliyeva (Ozarbayjon)

Xalimajon Qurbonova - Aysha Gurbanali (Ozarbayjon)

-52 kg vazn toifasi

Zuxraxon Maʼmurjonova - Dasol Park (Janubiy Koreya)

Sita Kadambayeva - Annika Vurfel (Germaniya)

Diyora Keldiyorova - Anna Kazyulina (Qozogʻiston)

-57 kg vazn toifasi

Shukurjon Aminova - Jessika Pereyra (Braziliya)

Nilufar Yermaganbetova - Sumiya Dorsuuren (Moʻgʻuliston)

Muxlisa Ganjayeva - Anastasiya Konkina (Rossiya)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?