Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri: 3-kun — Bobonov oltin uchun, Jandreyev, Toʻraboyev hamda Xudoyberdiyevlar bronza uchun tatamiga chiqadi
Foto: Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")
Bugun “Humo arena” saroyida Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining uchinchi kungi bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Shu paytga oʻtgan bahslardan soʻng 4 nafar dzyudochimiz medallar uchun kurash olib borish huquqiga ega boʻlishdi.
Oʻzbekistonning 2020-yildagi “Eng yaxshi sportchisi”, -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Davlat Bobonov Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining yarim final bahsida ozarbayjonlik Mammadali Mehdiyevni magʻlubiyatga uchratdi va finalga yoʻl oldi. Bobonov finalda yaponiyalik Kenta Nagasavaga qarshi tatamiga chiqadi.
-90 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Shermuhammad Jandreyev bronza medali yoʻlidagi oʻtish bellashuvida gruziyalik Ushangi Margianini magʻlubiyatga uchrat va ozarbayjonlik Mammadali Mehdiyevga qarshi tatamiga chiqadi.
-100 kg vazndagi yurtdoshimiz Muzaffarbek Toʻraboyev bronza medali uchun moʻgʻilistonlik Otgonbatar Lxagvasurenga qarshi bahs olib boradi.
Ilk bor IJF toifasidagi nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan -100 kg vazn toifasidagi Aqlmurodbek Xudoyberdiyev bronza medali uchun moʻgʻilistonlik Gonchigsuren Batxuyaga qarshi tatamiga chiqadi.
Eslatib oʻtamiz final bahslari kech soat 17:00da boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring