“Toshkent yoʻlbarsi” Rufat Risqiyevga uy qurib berilmoqda

20:15 14 Oktyabr 2021 Jamiyat
873 0

“Toshkent yoʻlbarsi” nomi bilan jahonga mashhur boʻlgan afsonaviy bokschimiz Rufat Risqiyev yil yakunigacha yangi uyga koʻchib oʻtadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Davlatimiz rahbarining koʻrsatmasiga binoan har bir sohada faxriylarimizga eʼtibor qaratish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, holidan xabar olish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston boks federatsiyasining bosh homiysi «Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Rufat Risqiyevga yangi xonadon qurish ishlari boshlandi», deyiladi xabarda.

Loyihaga koʻra, Rufat akaning xonadonidagi boʻsh yer maydoniga u kishi uchun barcha qulayliklarga ega 3 xonali uy qurib beriladi. Reja boʻyicha yangi uy yil yakunigacha qurib bitkaziladi va afsonaviy bokschimiz unga koʻchib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?