Toshkent hayvonot bogʻiga Qizil kitobga kiritilgan qoʻngʻir ayiq bolasi olib kelindi

22:00 28 Yanvar 2023 Jamiyat
1000 0

Yaqinda “Uzun” davlat oʻrmon xoʻjaligi xodimlari hududlarida yolgʻiz kezib yurgan qoʻngʻir ayiq bolasini topib olishgan edi.

Kichkintoyning vazni juda oz. Ayiqlar odatda qishki uyquga ketishdan oldin, sovuq havoda ularni himoya qilib, koʻklamgacha yetib olishga imkon beruvchi qalin yogʻ qatlamini yigʻishlari lozim ekanligi inobatga olsak, ayiqcha omon qolmasligi mumkin edi.

Shuning uchun jonivorni reabilitatsiya markaziga oʻtkazish lozim deb topildi. Ayni chogʻda u mutaxassislar nazorati ostida, ular ayiqchaga qulaylik yaratish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?