Toshkent nufuzli anjumanga tayyorgarlik koʻrmoqda

12:36 17 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
659 0

Anʼanaviy ravishda oʻtkazilib kelinayotgan “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” beshinchi xalqaro anjumani va koʻrgazmasi 2021-yilning 17-18-fevral kunlari Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu xalqaro anjuman oldidan tayyorgarlik ishlariga bagʻishlangan onlayn shakldagi vebinar boʻlib oʻtdi.

Tadbirning asosiy strategik hamkori boʻlgan «Oʻzbekgidroenergo» AJdan maʼlum qilishlaricha, anjumanda 150 dan ortiq davlatlar vakillari ishtirok etishi koʻzda tutilgan boʻlib, asosiy ishtirokchilar Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari vakillari — Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Gruziya, Turkiya davlatlari sanaladi.

Tadbir oldi onlayn uchrashuvda anjumanga tayyorgarlik ishlari hamda «Oʻzbekgidroenergo» AJ tomonidan sohada amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Vebinarda, shuningdek, gidroenergetika tarmogʻini isloh qilish davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi hamda sohaning yangi istiqbolli loyihalari haqida soʻz bordi. Jumladan, joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “Qamchiq” kichik GES, “Zarchob” GES-1 hamda hozirda loyiha-qidiruv ishlari olib borilayotgan yangi yirik «Mullalak» GESi vebinar ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?