Toshkent davlat transport universiteti tomonidan oʻtkazilgan davlat xaridi bekor qilindi

09:50 08 Iyun 2023 Jamiyat
310 0

Toshkent davlat transport universiteti buyurtmachiligida 2023-yil 30-may kuni oʻtkazilgan 1219,3 mln soʻmlik davlat xaridida ishtirok etgan 2 nafar tadbirkorning barcha hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan foydalanilgan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklanganligi aniqlandi.

Natijada Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning:

➖10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);

➖14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi);

➖46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilgan va boshqa qonunbuzilishi holatlariga ham yoʻl qoʻyilgan.

Mazkur holatlar boʻyicha shu kunning oʻzida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Bundan tashqari, holat boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga soʻrovnoma kiritildi.

Agentlikning taqdimnomasiga binoan Toshkent davlat transport universiteti tomonidan 5-iyun kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?