Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi
Prezidentning tegishli qaroriga asosan, Shuhrat Abdujalilovich Boymurodov Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi xabar berdi.
Shuhrat Boymurodov 2017-yildan shu bugunga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasining oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Boymurodov Shuhrat Abdujalilovich 1969-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1994-yilda birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakultetini tamomlagan. 1995-yili ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti 2 klinikasi yuz-jagʻ jarrohlik boʻlimida yuz-jagʻ jarrohligi mutaxassisligi boʻyicha internaturani oʻtgan
Tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymurodovning 165 ta ilmiy va oʻquv uslubiy ishlari eʼlon qilingan. Jumladan, 2 monografiya, 3 oʻquv qoʻllanma, 8 uslubiy qoʻllanma, 4 ixtiroga patent, 93 ta maqola shular jumlasidandir. Eʼlon qilingan uslubiy ishlarning 43 tasi xalqaro nashrlarda chop etilgan.
Shuhrat Boymurodov Toshkent tibbiyot akademiyasida ilmiy ishlar prorektori lavozimida faoliyat yuritayotgan davrida Respublika miqyosidagi bajariladigan 20 ta va 2 ta xalqaro ilmiy grant, Yevropa ittifoqining “Erasmus plyus” loyihalari boʻyicha 5 ta grantni amalga oshirgan.
Maʼlumot uchun, Shuhrat Boymurodov 2021-yilda Rossiya fanlar akademiyasining tabiiy fanlar akademigi diplomiga sazovor boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring