Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi

19:21 24 Iyun 2022 Jamiyat
599 0

“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–290, 21.06.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

2024/2025 oʻquv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika taʼlim yoʻnalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda – dastlabki imtihon va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda:

— dastlabki imtihon va kirish test sinovlari DTM tomonidan oʻtkaziladi;

— dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi oʻrganiladi;

— kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

2024-yil 1-yanvarga qadar:

— Universitet faoliyatida “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini toʻliq joriy etiladi;

— Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritiladi.

2023-yil 1-martgacha umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi ilgʻor oʻqituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyotini joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?