Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida xorijlik fuqarolar uchun “Oʻzbek maktabi” ochildi

Foto: Халқ сўзи
Besh yildan buyon sinov tariqasida universitet qoshida faoliyat yuritayotgan xorijliklarga oʻzbek tilini oʻrgatish kurslarida 300 dan ortiq chet el fuqarolari, jumladan, Koreya, Xitoy, AQSH, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar fuqarolari oʻzbek tilini muvaffaqiyatli oʻrganishdi.
Ushbu mehnatlar samarasi oʻlaroq kuni kecha universitetda «Uzbek school» — xorijliklar uchun oʻzbek tili tayyorlov kurslari maktabining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu kurslarda oʻzbek tili eng zamonaviy usul va vositalar yordamida, til oʻrganuvchilar xohishiga koʻra kichik, oʻrta guruhlarda yoki individual oʻrgatiladi.
Shuningdek, tadbir doirasida universitet oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan “Xorijliklar uchun oʻzbek tili”darsligining taqdimoti ham boʻldi.
A1 daraja uchun moʻljallangan ushbu darslik oddiydan murakkabga tomon mantiqan uzviylikda tuzilgan 12 mavzudan iborat boʻlib, tinglovchi harflardan jumla tuzishgacha boʻlgan yozish (writing), gapirish (speaking), oʻqish (reading), tinglash (listening) koʻnikmalarni egallashga imkon yaratadi. Har bir mavzu oxirida tinglovchi oʻz bilimlarini tekshirishi va mustahkamlashi uchun maxsus test topshiriqlari beriladi.
Ushbu darslik shu yoʻnalishda yaratilgan mavjud oʻzbek tili qoʻllanmalaridan inglizcha koʻrsatma va izohlarning berilishi, har bir darsda ishlatilgan soʻzlarning ingliz tilidagi tarjimasi koʻrsatilgani bilan ajralib turadi.
Kitobga ilova etilgan audio-vizual materiallar oʻzbek tili fonetikasining oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek, matnlarda aks etgan dialoglar orqali turli situativ holatlarda ishlatiladigan leksik qatlam bilan tanishadi.
Kitob nafaqat oʻzbek tilini, balki oʻzbek madaniyatini ham oʻrganishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring