Toshkent aeroportida “Taksi xizmatini tashkil etish” auksioni boʻyicha gʻolib aniqlandi

21:21 08 Avgust 2022 Jamiyat
597 0

2017-yildan buyon yoʻlovchi tashish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan “BOBUR DIYOR” kompaniyasi poytaxt aeroportida taksi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha electron auksion gʻolibi boʻldi. Kompaniya avtoparkida faqat benzinda ishlaydigan mahalliy va xorijiy 100 dan ortiq avtomobillar mavjud. Bu buyurtmachining (“Uzbekistan Airports” AJ) auksion doirasidagi asosiy talablaridan biri edi.

Joriy qilinayotgan tartibga koʻra, uchib kelgan yoʻlovchilar zalda joylashgan taksi xizmati oldiga kelishadi va manzilni aytib, toʻlovni naqd yoki karta orqali amalga oshiradilar. Taksi xizmati dispetcheri yoʻlovchining manzili va “toʻlov amalga oshirildi” degan belgi koʻrsatilgan kvitansiya beradi. Yoʻlovchi terminaldan chiqib, qatordagi birinchi mashinaga oʻtiradi va haydovchiga chekni beradi. Shuningdek, yoʻlovchi terminal ichidagi peshtaxtani chetlab oʻtib, taksi xizmatidan haydovchiga toʻgʻridan-toʻgʻri pul toʻlash orqali foydalanishi ham mumkin.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, tashuvchi transport xizmatlarining toʻliq spektrini koʻrsatish boʻyicha 5 yillik tajribaga ega: aeroportlar va vokzallarda kutib olish/kuzatish; tez yetkazib berish; VIP taksi, mikroavtobus va avtobuslarda xizmat koʻrsatish. Aeroport yoʻlovchilarini tashish tariflari, shuningdek, kelish zalida oʻrnatiladigan taksi toʻxtash joyi dizaynini transport kompaniyasi “Uzbekistan Airports” bilan kelishib oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер