Toshkent aeroportida bojxona nazoratidan oʻtish tartibi yanada soddalashtirildi

19:39 03 Avgust 2022 Jamiyat
561 0

“Toshkent” xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida masofaviy bojxona nazorati tizimi ishga tushirildi. 

Mazkur tizim nazorat kameralari va parvoz haqidagi oldindan olingan maʼlumotlarni tahlil qilish orqali yoʻlovchilar va ularning yuklarini bilvosita bojxona nazoratidan oʻtkazish imkonini beradi.

Terminalning butun perimetri boʻylab oʻrnatilgan kameralar bojxona organlariga real vaqt rejimida masofadan turib vaziyatni kuzatish va faqatgina zarur hollarda yoʻlovchilarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish imkonini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, xorijga otlangan yoʻlovchilarning bojxona nazoratidan tezroq va hech qanday kechikishlarsiz oʻtish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?