Toshkent aeroportida 1 kilogrammdan ortiq tilla taqinchoqlarni yashirib olib oʻtmoqchi boʻlgan ayol ushlandi

17:30 08 Avgust 2022 Jamiyat
197 0

“Toshkent” xalqaro aeroporti»da “Istanbul-Toshkent” reysida uchib kelgan yoʻlovchilardan biri bojxonadan yashil yoʻlak orqali harakatlanayotganda, uning bezovtalanishi bojxona xodimlarining diqqatini tortgan. Shundan soʻng, unga tegishli qoʻl yuklari koʻzdan kechirilganda, yoʻlovchining sumkasida va hatto bolasini oʻtqazgan kolyaska choʻntagiga ham tilla taqinchoqlar yashirilganligi aniqlangan.

Jami ogʻirligi 1 kg 198 gr.ni tashkil qiluvchi zargarlik buyumlarining qiymati salkam 590 mln. soʻmni tashkil qilmoqda. Taʼkidlash joizki, bojxonachilarimiz tomonidan oʻtgan 7 oyi davomida aniqlangan 177 ta bojxona qonun buzilishi holatlarida qiymati 24 mlrd. 663 mln. soʻmlik, salkam 16 kg ogʻirlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib oʻtilishiga chek qoʻyilgan.

Eslatib oʻtamiz, ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan meʼyorlariga koʻra, jismoniy shaxslar respublikamizga qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlaridan 65 gr.gacha olib kirishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер