Toshkent 2025 yili yana bir yirik musobaqaga mezbonlik qiladi
Arxiv foto
8 iyun kuni Astana shahrida Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasining navbatdagi Kongressi tashkil etildi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Unda tashkilotga a’zo milliy federasiya va assosiasiya vakillari ishtirok etishdi. Yurtimiz nomidan O‘zbekiston sambo assosiasiyasi raisi Alisher Alimov mazkur Kongressda qatnashdi.
Kongress davomida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shu jumladan, oldinda turgan musobaqa mezbonlari ham aniqlandi.
2025 yil sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati mezbonligi uchun Toshkent shahri da’vogarlik qilgandi. Poytaxtimiz varianti bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Shu tariqa, 2 yildan keyingi Osiyo-Okeaniya chempionati O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring