Fargʻonada oʻqishga kiritish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

15:34 12 Avgust 2022 Jamiyat
218 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoʻqon shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A. A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning qizini 10 200 AQSH dollari evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishini vaʼda qilib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan..

Shu kabi, Departament hamda DXXning Oqoltin tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Oʻ. boshqa bir fuqaro Oʻ.ni tanishlari yordamida Toshkent moliya institutiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?