Toʻrt nafar polvonimiz bronza medali uchun kurashadi

15:43 14 Aprel 2023 Sport
926 0

Ostona shahrida nihoyasiga yetayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining oxirgi kunida medallar uchun kurashadigan atletlar nomi aniq boʻldi. 

Unga koʻra, soʻnggi kun dasturida Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili uchinchi oʻrin uchun bahs olib boradigan boʻldi. 

Kechki dasturda shohsupaga koʻtarilish uchun gilamga chiqadigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-61 kg: Sardor Roʻzimov – Tuvshintulga Tumenbileg (Moʻgʻuliston)

-86 kg: Bobur Islomov – Veng Chou (Singapur)

-92 kg: Ajiniyaz Saparniyazov – Ganxuyag Ganbatar (Moʻgʻuliston)

-125 kg: Sardorbek Xolmatov – Kumar Anirud (Hindiston).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?