Toʻrt hududda “valyutchik”lar qoʻlga tushdi

18:02 21 Avgust 2025 Jamiyat
198 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.N. fuqaro G.Sh.ga 3 ming 900 AQSH dollarini 49,5 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat, departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, fuqaro R.X. fuqaro U.A.dan 4 ming AQSH dollarini 50,6 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.I. fuqaro N.I.dan 4 ming AQSH dollarini 50,4 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

Bundan tashqari, departamentning Gʻijduvon tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M. fuqaro F.K.dan 3 ming 500 AQSH dollarini 44,3 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?