Toʻrt haftada koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichi 65 foizga kamaydi — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti

14:07 09 Mart 2023 Dunyo
582 0

Foto: Illustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi hisobotiga koʻra, shu yil 6-fevraldan 5-martgacha dunyo boʻyicha 4,5 millionga yaqin kishida SOVID-19 infeksiyasi aniqlanib, ulardan qariyb 32 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu davrda koronavirusga chalinish koʻrsatkichi undan avvalgi 28 kunga nisbatan 58 foizga, oʻlim holatlari esa 65 foizga kamaygan.

Toʻrt hafta ichida eng koʻp bemorlar roʻyxatga olingan mamlakatlar:

AQSH — 1 million,

Yaponiya — 539 ming,

Xitoy — 454 ming,

Germaniya — 379 ming,

Rossiya — 345 ming nafar.

Eng koʻp bemorlar vafot etgan davlatlar:

AQSH — 10 856,

Yaponiya — 3 432,

Xitoy — 2 634,

Buyuk Britaniya — 2 103,

Braziliya — 1 931 nafar.

Eslatib oʻtamiz, pandemiya boshlangandan buyon Yer yuzi boʻyicha 760 millionga yaqin kishiga SOVID-19 tashxisi qoʻyilib, ulardan 59 million nafardan ziyodi kasallik tufayli hayotdan koʻz yumgan.

Mutaxassislar xulosasiga koʻra, soʻnggi oylarda kasallik ortga chekinmoqda. Ammo pandemiya bekor qilinishi uchun dunyo aholisining kamida 70 foizi toʻliq bosqichda emlanishi zarur. Ayniqsa, xavf guruhiga mansub kishilar birinchi navbatda buster dozadagi vaksinalarni qabul qilishlari kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?