Toʻrt haftada koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichi 57 foizga kamaydi — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisobotiga koʻra, shu yil 13-fevraldan 12-martgacha Yer yuzida 4 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 28 ming nafari xastalik tufayli hayotdan koʻz yumdi.
Tahlillarning koʻrsatishicha, ushbu davrda dunyo boʻyicha undan avvalgi toʻrt haftaga nisbatan bemorlar soni 40 foiz, oʻlim holatlari esa 57 foizga kamaygan.
Eng koʻp kasallanish qayd etilgan davlatlar:
— AQSH – 920 ming,
— Yaponiya – 381 ming,
— Xitoy – 370 ming,
— Rossiya – 350 ming,
— Germaniya – 338 ming nafar.
Eng koʻp bemorlar oʻlimi roʻyxatga olingan mamlakatlar:
— AQSH – 9303,
— Yaponiya — 2598,
— Buyuk Britaniya — 2217,
— Braziliya —1648,
— Xitoy — 1586 nafar.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus joriy yil COVID-19 pandemiyasi yakunlanishi kutilayotganini maʼlum qilgandi. Shunga qaramay, mutaxassislar xastalikni toʻliq jilovlash uchun sayyoramiz aholisining katta qismi toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishi kerak, degan xulosada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring