«Tonirovka» narxini kamaytirish yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda

21:39 14 Iyun 2021 Jamiyat
742 0

Bu haqda deputat Doniyor Gʻaniyev maʼlum qildi. Gʻaniyevga koʻra u hamkasbi Bahrom Rahmonaliyev bilan tonirovka narxini pasaytirish yuzasidan 2-3 xil takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan avval Ichki ishlar vazirligiga takliflariga munosabat bildirishlarini soʻrab, deputatlik soʻrovi yuborgan.

«Bugun Ichki ishlar vazirligidan soʻrovimizga javob kelibdi. Yomon tomoni, har doimgidek soʻrovga aniq javob yoʻq, takliflarimizga hech qanday munosabat bildirilmagan.

Yaxshi tomoni, javobda aytilishicha, tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan Prezident Adminstratsiyasi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan va bu loyihaga Ichki ishlar vazirligi tomonidan tegishli takliflar bildirilgan.

Demak, yaqin orada tonirovka masalasi boʻyicha ijobiy oʻzgarish boʻladiganga oʻxshaydi. Avtomobil oynalarini qoraytirishga doir cheklovlar butkul bekor qilinishini kutmasamda, lekin tonirovka uchun belgilangan narxlar sezilarli miqdorda pasayadi, deb umid qilaman», deb yozmoqda deputat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?