Tomskda migratsiya xizmati xodimlari Oʻzbekiston fuqarosini kaltakladi

13:56 04 May 2021 Jamiyat
551 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Tomsk shahrida Oʻzbekiston fuqarosi bilan yuz bergan holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida federal xizmat xodimi tomonidan Oʻzbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatilgani haqida maʼlumotlar tarqaldi.

Agentlikning maʼlum qilishicha, ushbu holatga aniqlik kiritish, shuningdek har tomonlama va obyektiv tekshiruv oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hamda agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli soʻrovnomalar yuborildi.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, Rossiyaning Tergov qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea boʻyicha tekshiruv ishlarini boshlagan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?