Tomorqa madaniyati boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi

19:13 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
296 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Aktam Xaitov Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Qorabura” mahallasining xonadonlarida boʻlib, u yerda istiqomat qilayotgan aholining tomorqadan qanday foydalanayotgani bilan qiziqdi.

Xususan, hududda yashovchi Normoʻmin Rahmatovning xonadonida aynan tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha amaliy seminar ham tashkil etildi. Unda tumandagi hokim yordamchilari, partiya faollari va mahalla fuqarolari ishtirok etishib, tomorqa madaniyati va undan moʻl-koʻl hosil olish sirlaridan voqif boʻlishdi.

Jumladan, xonadon egasi Normoʻmin Raxmatov tajribasi oʻrnak qilib koʻrsatildi. N.Raxmatov 30 sotix tomorqasida koʻkat mahsulotlarini ekib, bir yilda 3-4-marta hosil olib, yetishtirgan mahsulotini mahalliy bozorda sotib, daromad olmoqda.

Amaliy seminar davomida Aktam Xaitov tomorqadan unumli foydalanish boʻyicha tavsiyalarini ham berib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?