Tomir tortishi qanday kasallikdan darak beradi?

Tibbiyotda mushaklar tonusining oshishi oyoq tortishishi deyiladi. Bu noxush holat beixtiyor yuz beradi va 10-15 soniya davom etadi. Maʼlumotlarga koʻra, yer yuzi aholisining 80 foizi oyoq tomir tortishishining u yoki bu turidan qiynaladi. Bu holat mutlaqo sogʻlom insonlarda ham kuzatiladi. Xoʻsh tomir tortishi biror kasallikdan darak beradimi? Bu holatning kelib chiqish sababi va oqibatlari qanday? SSV Matbuot xizmatining shu kabi savollariga tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidova javob beradi.
— Tomir tortishining asosiy sabablari nima?
— Ushbu tasodifiy ogʻriqlar mushaklar zoʻriqishi bilan bogʻliq boʻlib, organizmda minerallarning, birinchi navbatda, kaliy, kalsiy, magniy hamda bir qator vitaminlar yetishmasligidan boʻlishi mumkin.
Mutaxassislar tomir tortishishini asab zoʻriqishi, kamharakatlilik, muntazam oʻtirib ishlash, uzoq muddat tik oyoqda turish yoki suvda suzish, organizmning suvsizlanishi va turli xil kasalliklar bilan ham bogʻlashadi.
— Tomir tortishi insult yoki infarktni kelib chiqarishi mumkinmi?
— Tomir tortishishi, asosan, 40-50 yoshdagi insonlarda koʻproq kuzatiladi. Ular tanasidagi xolesterin miqdorini tez-tez tekshirtirib turishi kerak. Chunki qon tomirlari devorida xolesterin moddasining koʻpayib ketishi oqibatida qon yurishi birmuncha qiyinlashadi. Shundan keyin tez-tez qoʻl va oyoq uvushishi kuzatiladi.
Agar vaqtida oldi olinmasa, insult yoki infarkt kelib chiqishi mumkin. Yoshlarda bu holat, asosan, tanada qon yaxshi aylanmasligi sababli yuzaga keladi. Turli jismoniy mashqlar yordamida bu muammoni hal qilish mumkin.
Tomir tortishishining ikki xil koʻrinishi farqlanadi. Birinchisi, keskin va qisqa fursat davom etib, tibbiyotda klonik tomir tortishishi deyiladi. Ikkinchisi esa buning aksi, bezovtalik dabdurustdan boshlansada, spazm bir necha daqiqalarga choʻzilishi mumkin. Shifokorlar bu holatni tomir tortishishining tonik turi, deya tasniflaydilar.
Har ikkala holatning kelib chiqishi infeksion kasalliklar, oziq mahsulotlari, (dori vositalari)dan zaharlanish, bosh miya jarohatlari, nevroz, moddalar almashinuvining buzilishi, yurak va qon xastaliklariga bogʻliq.
— Infeksiyalarning ham taʼsiri bormi?
Ahamiyat bergan boʻlsangiz, tana harorati koʻtarilganida oyoq-qoʻllarda yengil titroq yuzaga keladi. Termometr koʻrsatkichlari +39 +40 S darajaga yetganida esa oyoq va qoʻl tomirlarida tortishish kelib chiqishi mumkin. Bunga kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblarning “qoʻli baland” kelayotgani sabab boʻladi.
Negaki, isitma tushiruvchi preparat qabul qilingach, mushaklar asta boʻshashadi.
Shuningdek, inson biror voqea-hodisadan qattiq taʼsirlansa, qonda adrenalin miqdorining ortishi nafas olish maromining tezlashishiga olib keladi. Organizmga kislorod kelib tushishi oʻzgargach, karbonat angidrid darajasi ham pasayadi va oyoq tomirida spazm kelib chiqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring