Tomchilatib sugʻorishni yoʻlga qoʻyganlik uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million soʻmgacha etib belgilandi. Oʻzgarishlar qachondan kuchga kiradi?
“Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, Agentlik tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat yoʻnalishidagi subsidiyalar turlari maqbullashtiriladi.
Bunda, 2025-yil 1-yanvaridan, intensiv mevali bogʻ va uzumzorlarda tomchilatib sugʻorish tizimlari oʻrnatgani uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million soʻmdan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Shuningdek, Bogʻdorchilik, uzumchilik, issiqxona xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” hamda 2024–2027-yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichlari joriy etiladi.
Bundan tashqari, suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash uchun subsidiya suv quvurlarining oʻlchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming soʻmdan 250 ming soʻmgacha belgilanmoqda. Shuningdek, “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli koʻchatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida ajratilmoqda.
Xabar qilinishicha, ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilangan.
Qayd etish kerakki, koʻchat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024-yil 1-oktyabrdan bekor qilindi.
Avvalroq, yangilangan WBO reytingida 7 nafar bokschimiz joy olgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Qurilish materiallari uyushmasi qoshida sinov laboratoriyasi tashkil qilinadi
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Oʻzbekistondagi MCHJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
- Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritildi
- Dollar kursi uzoq vaqt koʻtarilishdan soʻng pastladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring