Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddati uzaytiriladi

12:17 25 Noyabr 2021 Jamiyat
630 0

Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi.

Bugungi kunda koʻpchilik talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa oliy taʼlim muassasasiga koʻchirayotgan talabalar uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddatini uzaytirish boʻyicha vazirlik tomonidan tegishli takliflar tayyorlandi va toʻlov muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Davlat komissiyasining tegishli yigʻilish bayoniga asosan respublikamizdagi davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddati 2021-yilning 20-noyabr sanasi etib belgilangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?