Toʻliq roʻyxat: Uzbekistan Airways xalqaro yoʻnalishlardagi barcha qatnovlarni bekor qildi

21:58 15 Mart 2020 Jamiyat
1012 0

16-martdan boshlab xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha qatnovlar bekor qilinadi, deb xabar berdi Uzbekistan Airways MAK.

“Hurmatli yoʻlovchilar! Oʻzbekiston Respublikasi hukumati mamlakatda koronavirus COVID-19 kasalligi birinchi marta aniqlanganligi haqida xabar berdi. Shu munosabat bilan 2020-yil 16-martdan boshlab xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha barcha qatnovlarning bekor qilinishi haqida xabar beramiz”, deyiladi xabarda.

16-mart kuni faqat quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yakuniy qatnovlar amalga oshiriladi:

HY426 — Dehli — Toshkent

HY103/104 – Toshkent – Riga — Toshkent

16-martda quyidagi qatnovlar bekor qilinadi:

HY231/232 — Toshkent — Frankfurt — Toshkent

HY271/272 — Toshkent — Istanbul — Toshkent

HY273/274 — Toshkent — Istanbul — Toshkent

HY275/276 — Samarqand — Istanbul — Samarqand

HY333/334 — Toshkent — Dubay — Toshkent

HY421 — Toshkent -Dehli

HY603/604 — Toshkent — Moskva — Toshkent

HY613/614 — Toshkent — Moskva — Toshkent

HY601/602 — Toshkent — Moskva — Toshkent

HY605 — Samarqand — Moskva

HY626- Moskva — Fargʻona

HY627 — Fargʻona-Moskva

HY628 — Moskva — Fargʻona

HY637/638 — Urganch — Sankt-Peterburg — Urganch

HY639 — Samarqand — Sankt-Peterburg

HY667/668 — Toshkent — Novosibirsk — Toshkent

HY691/692 — Toshkent — Tyumen — Toshkent

HY709/710 — Toshkent — Minsk — Toshkent

HY712 — Sankt-Peterburg — Termiz

HY717 — Toshkent — Dushanbe

HY721/722 — Toshkent — Nur-Sulton — Toshkent

HY763/764 — Toshkent — Olma-ota — Toshkent

HY777/778 — Toshkent — Bishkek — Toshkent

Shuningdek, xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha barcha keyingi aviaqatnovlar bekor qilindi.

Xalqaro qatnovlarni toʻxtatish 2020-yil 5-aprelgacha rejalashtirilgan.

Maʼlum qilinishicha, bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalarni ular xarid qilingan joyda qaytarish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?