“Tolibon” harakati Panjsherga hujum boshladi — OAV

14:33 02 Sentyabr 2021 Dunyo
1147 0

Foto: AP

Toliblar qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Maʼsud bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng Panjsherga hujum uyushtirishga qaror qilgan. Bu haqda «Al-Jazira» telekanali oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq, BMT Panjsherda oʻt ochishni toʻxtatishni talab qilgandi. Tashkilot mojaro taraflari aholi huquqlarini hurmat qilishi va yordam koʻrsatish uchun gumanitar kuchlar provinsiyaga kirishini taʼminlashi kerakligini qayd etdi.

1-sentyabr kuni “Tolibon” Panjsherga kiraverishda qarshilik kuchlari postini olganini eʼlon qildi. Qarshilik tarafidan bu maʼlumot inkor etildi.

“Kecha kechki payt «Tolibon”ning Panjsherga kirishga urinishi vaqtida 300dan koʻproq jangari halok boʻldi. Yana bir necha oʻnlab jangarilar jiddiy jarohatlandi yoki asirga olindi» deya xabar tarqatildi qarshilik kuchlari tomonidan. Oʻz navbatida, “Tolibon” bu maʼlumotga munosabat bildirmagan.

OAV maʼlumotlariga koʻra, “Tolibon” muzokaralardan voz kechib, Panjsher egallashni hamda qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Maʼsudni yoʻq qilishni maqsad qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?