“Tolibon” Afgʻonistondagi qizlar ham tez orada maktab borishiga vaʼda berdi

23:58 16 Oktyabr 2021 Dunyo
759 0

“Tolibon” yaqinda Afgʻonistondagi qizlarni oʻrta maktablarga borishga ruxsat berishini vaʼda qilmoqda. Bu haqda TASS UNIСEF ijrochi direktori oʻrinbosari Umar Abdi bayonotiga asoslanib xabar berdi

Abdining aytishicha, “Tolibon” tayinlagan taʼlim vaziri unga toliblar barcha qizlarga oltinchi sinfdan keyin oʻqishni davom ettirishlari uchun ruxsat berish ustida ishlayotgani, yaqin orada buning aniq tartibi maʼlum qilinishini aytgan.

“Siz bilan gaplashayotganimda, oʻrta maktab yoshidagi millionlab qizlar ketma-ket 27 kuni taʼlim olmadilar. Biz kutgan har bir kun, maktabga bormaydigan qizlar uchun yoʻqotilgan kundir”, - deydi Umar Abdi.

Abdi, shuningdek, Afgʻonistonning 34 viloyatining beshtasi - Balx, Juzjon, Samangоn, Qunduz va Uruzgʻon allaqachon qizlarga oʻrta maktabda oʻqishga ruxsat berganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?