Toliblar Afgʻoniston prezidenti vazifasini bajaruvchi Amrulla Solihning akasini oʻldirgan — OAV

19:06 10 Sentyabr 2021 Dunyo
879 0

Foto: Reuters

“Tolibon” harakati tomonidan Afgʻoniston prezidenti vazifasini bajaruvchi Amrulla Solihning akasini oʻldirilgan. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi oʻz manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, toliblar avval Amrulla Solihning akasini qoʻlga olib, keyin qatl etgan.

Panjsher viloyatidagi boshqa bir manbaga koʻra, Rohulloh Salih bir necha kun oldin “Tolibon”ga qarshi  jang paytida halok boʻlgan.

Avvalroq, Afgʻonistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Akbar Amrulla Solih Panjsherga qaytganini va hozirda Afgʻoniston prezidenti vazifasini bajarayotganini aytgan edi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?