Tokiolik olimlar doimiy immunitet beruvchi vaksina ustida ishlashmoqda

23:46 07 Yanvar 2022 Dunyo
1557 0

Vaksina asosi sifatida mutaxassislar XVIII asrda ishlab chiqilgan, virusning zararsiz variantini oʻz ichiga olgan chechakka qarshi vaksinani olishdi.

Olimlar koronavirusning biriktiruvchi oqsilini oʻz ichiga olgan chechak vaksinasining rekombinant virusini yaratishga umid qilmoqdalar. Bunday yondashuv COVID-19ʻga qarshi doimiy immunitetni shakllantirishga yordam beradi.

Sichqonlar ustida tajriba oʻtkazib koʻrildi. Ularga parranda grippi genini oʻz ichiga olgan rekombinant chechak vaksinasi virusi yuborildi. Natijalar jonivorlarda 20 oydan ortiq vaqt davomida saqlanib qolgan yuqori darajadagi antitanachalar paydo boʻlganligini koʻrsatdi.

Vaksina mualliflari bunday vaksinalarning yuqori samaradorligi, nojoʻya taʼsirlarining kamligi va ularni tashish va saqlash maxsus shartlarni talab etmasligini taʼkidlab oʻtishdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, klinik sinovlarni Yaponiyaning Nobelpharma dori ishlab chiqarish kompaniyasi 2023-yilda oʻtkazadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?