Tokioda slalomda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda
Ayni kunlarda Yaponiyaning Tokio shahrida slalomda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqa yakkalik dasturlarida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmalar taqdim qilishi bilan yanada ahamiyatli. Hozirga kelib, jamoaviy dasturdagi bahslar yakunlandi. Unda ham kanoe, ham baydarka dasturlarida ishtirok etgan yigitlarimiz kumush medallarga ega chiqishdi.
Bugun yakkalik yoʻnalishida saralash bellashuvlari yakunlandi. Unda qatnashayotgan kanoechilarimiz Abubakr Bukanov, Alibek Temirgaliyev hamda Anvar Klevleyev, shuningdek, slalomchilarimiz Barkamol Mirzahamdamov, Jonibek Temirgaliyev va Shahobiddin Boltaboyev yuqori natija qayd etib, yarim finalchilar qatoridan joy olishdi.
Endi ular ertaga final va Olimpiada yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettirishadi. Qoidaga koʻra, faqatgina oʻz yoʻnalishida gʻolib boʻlgan sportchilar Parij-2024 yoʻllanmasiga sazovor boʻlishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring